top

Subdecks (1)

Cards (1201)

  • Darslik Respublika maqsadli kitob jamg'armasi mablag'lari hisobidan chop etilgan
  • Hozirgi paytda insoniyat oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiatdagi biologik xilma-xillikni asrash, ekologik barqarorlikni ta'minlash, global iqlim o'zgarishlarining salbiy ta'sirini yumshatish sanaladi
  • Kasallik va zararkunandalarga chidamli qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvon zotlarini yaratish lozim
  • Mazkur muammolarni muvaffaqiyatli hal etishda tibbiyot, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishning nazariy asoslari bo'lgan biologiya fanining qonuniyatlari, fan yangiliklari va qo'lga kiritilgan yutuqlami o'rganish va amaliyotda qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi
  • Ushbu darslik o'rta ta'lim maktablarining davlat ta'lim standartlari talablari asosida tayyorlangan
  • Darslik mazmuni 10-sinfda o'qitilgan biologiya o'quv fanining mantiqiy davomi bo'lib, 11-sinfda hayotning biogeotsenotik va biosfera darajasidagi umumbiologik qonunlar, organik olam filogenezini o'rganishga bag'ishlangan
  • Mustaqil O'zbekistonning komillikka intiluvchi farzandi sifatida fan asoslarini chuqur o'zlashtirib, kelgusida biologiyadan egallagan kompetensiyalaringizga asoslangan holda kasb tanlab, mustaqil hayotda o'z o'rningizni topishingizga ishonamiz
  • Hujayra
    Alohida bir hujayrali organizm sifatida ham, shuningdek, ko'p hujayrali organizmning bir qismi sifatida barcha hayotiy xossalarni namoyon etadi
  • Hujayra
    Doimiy bo'lishi shart bo'lgan organoidlardan, tarkibi esa anorganik moddalar va makromolekulalardan tashkil topgan
  • Hujayrada boradigan hayotiy jarayonlar ulaming tarkibidagi makromolekulalarning o'zaro ta'siriga bog'liq
  • Hayot darajalari
    Biri ikkinchisiga asos bo'lib, keyingi darajani vujudga keltirganligi sababli, iyerarxik (zinapoya ko'rinishiga o'xshash) tuzilish nomini olgan
  • Tabiiy obyektlar va ular o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik ko'lami va ta'sir doirasiga ko'ra juda xilma-xil
  • Biologik sistemalar bir-biri bilan nafaqat kelib chiqishi jihatidan, balki ular o'rtasida o'zaro ta'sir orqali vujudga keladigan, shuningdek, tashqi muhit bilan munosabatlari orqali ham uzviy bog'langan
  • Biologik sistemalar tabiatning tarixiy rivojlanish natijasi sanaladi
  • Biologik sistemalar
    O'z-o'zini boshqarish, rivojlanish, ko'payish, tarkibiy qismlar o'rtasida o'zaro ta'siri barqarorligi va muvozanatning paydo bo'lishi bilan xarakterlanadi
  • Tabiatda tarixiy taraqqiyot natijasida vujudga kelgan biosistema muvozanatining buzilishi ekologik sistemalar strukturasining o'zgarishiga, ba'zi hollarda ularning nobud bo'lishiga olib keladi
  • Tabiat va jamiyatning barqaror hamkorligi uchun atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik boshqarish, jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solish muammosi paydo bo'ldi
  • Insoniyat jamiyatining mavjudligi va rivojlanishi hayot va tabiatning, tabiiy jamoa va tizimlarning rivojlanish qonunlarini chuqur anglash asosida shakllanishi kerak
  • Ekologiya
    Biologiya fanining yangi tarmoq'i, ayrim individlarning rivojlanishi, ko'payishi, yashashini, populatsiya va jamolarining tarkibi hamda o'zgarishlarini yashash muhitiga bog'liq holda o'rganadi
  • Ekologiya
    Organizmlarning o'zaro va atrof-muhit bilan munosabatlari haqidagi fan
  • Ekologiya dastlabki bosqichda organizmlarning o'zaro ta'sirini o'rganadigan fan bo'lgan, hozirgi vaqtda uning vakolat doirasi sezilarli darajada kengaydi
  • Ekologiya m a'lumotlarni maqsadli yig'ib, insoniyat, inson faoliyatining barcha sohalari - qishloq xo'jaligi, sanoat, iqtisodiyot va siyosat, ta'lim, sog'liqni saqlash va madaniyatga nisbatan o'z ta'sirini kuchaytirmoqda
  • Ekologiya fani zimmasiga yuklangan vazifalar
    • har xil organizm guruhlarining atrof-muhit omillari bilan munosabati qonuniyatlarini o'rganish
    • biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta'sirida tabiat o'zgarishlarini oldindan ko'ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo'llarini o'rganish
    • zararkunandalarga qarshi kurashishning biologik usullarini yaratish
    • sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish
    • organizmlarning tuzilishi, hayotiy faoliyati va harakatiga atrof-muhit ta'sirini o'rganish
    • tirik organizmlarning atrof-muhitga moslashishining ekologik mexanizmlarini o'rganish
    • turli populatsiyalaridagi individlar sonining o'zgarishiga nisbatan tashqi muhit ta'sirini o'rganish
    • biosferada yuz beradigan jarayonlarning barqarorligini ta'minlash maqsadida ulami tadqiq etish
    • shaxsning egallaydigan kasbi va yoshidan qat'i nazar ularda ekologik dunyoqarash, ong, tafakkur va ekologik madaniyatni shakllantirish
  • Ekologik madaniyat
    Inson va tabiat o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan mas'uliyatli yondashuv asosida paydo bo'ladi
  • Ekologik madaniyatga jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishga qaratilgan ekologik ta'lim, ekologik ong va ekologik faoliyatning birligi sifatida qaraladi
  • Sayyoramizning hozirgi ekologik holati tabiatga yanada oqilona munosabatda bo'lishni talab etadi
  • Jamiyatimizning har bir a'zosidan nafaqat keng ekologik bilim, balki tabiatga yangicha munosabatni rivojlantirish, tabiat va jamiyatning barqarorligini ta'minlovchi omillarni izlashga asoslangan ekologik dunyoqarashni shakllantirish talab etiladi
  • Biologik sistemaga ta'rif: Biologik sistemalar bir-biri bilan nafaqat kelib chiqishi jihatidan, balki ular o'rtasida o'zaro ta'sir orqali vujudga keladigan, shuningdek, tashqi muhit bilan munosabatlari orqali ham uzviy bog'langan
  • Jonli materiyani tashkil qilish darajalari
    • biosfera
    • organizm
    • molekula
    • hujayra
    • populatsiyalar
    • to'qima
    • biogeotsenoz
  • Biotsenoz - har xil turga mansub organizmlar jamoasi, biogeotsenoz - biotsenoz va uning yashash muhiti, biologik sistema - biotsenoz va biogeotsenoz o'rtasidagi farq
  • Ekologiya
    Biologiya fanining yangi tarmoq'i, organizmlarning o'zaro va atrof-muhit bilan munosabatlari haqidagi fan
  • Aniq misollar asosida zamonaviy inson uchun ekologik bilimlar zarurligini: sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, transport sohasi va tabiatni muhofaza qilishda atrof-muhitga oid bilimlardan foydalanish
  • Ekologiya nafaqat fan, balki yangi turmush tarzi va hayotning yangi ko'rinishi ham
  • Hayotning tuzilish darajalari
    • Molekula
    • Hujayra
    • Organizm
    • Populatsiya
    • Biogeotsenoz
    • Biosfera
  • Biologik fanlar
    • botanika
    • ekologiya
    • sitologiya
    • anatomiya
    • molekular biologiya
    • fiziologiya
    • gistologiya
    • zoologiya
  • Ekologiya rivojlanishida nemis olimi A.Tensli shakllantirgan ekotizim konsepsiyasi va rus olimi V.N.Sukachev ilgari surgan biogeotsenoz nazariyasi muhim o'rin tutadi
  • XX asrning 70-yillaridan boshlab insonning tabiatga ta'siri kuchayishi tufayli ekologik muammolar muhim ahamiyat kasb eta boshladi, «ekologiya» atamasi ham nisbatan kengroq ma'noda qo'llanila boshlandi
  • Ekologiya bo'limlari
    • autekologiya (faktorial ekologiya)
    • demekologiya (populatsiyalar ekologiyasi)
    • sinekologiya (jamoalar ekologiyasi)
    • biogeotsenologiya (ekotizimlar ekologiyasi)
    • global ekologiya (biosfera ekologiyasi)
    • evolutsion ekologiya
    • tarixiy ekologiya
  • Autekologiya
    Organizmning tashqi muhit bilan munosabatlari, masalan, hayotiy sikli, muhitga moslanishdagi xulq-atvori kabilami o'rganadi
  • Demekologiya
    Populatsiyalar ekologiyasi, populatsiyada individlar sonining o'zgarishi, populatsiyadagi guruhlar o'rtasidagi munosabatlarni o'rganuvchi bo'lim